Ishbay ish haqi o'zi hisoblanadi, liniyadagi tor joy darhol ko'rinadi, mato sarfi va brak nazoratda. AI tizim korxonangizga moslab quriladi, sizdan qo'shimcha dastur o'rganish talab qilinmaydi.
Rahbar kun bo'yi sexda yuradi, lekin oy oxirida foyda qayerga ketganini aniq ayta olmaydi.
Kim nechta operatsiya qilgani qo'lda yoziladi. Hisobga kunlar ketadi, oy oxirida tortishuv chiqadi.
Bitta operatsiya kutib qolsa, butun liniya sekinlashadi. Buni kech bilasiz.
Har model uchun me'yor bor-yo'qligi noma'lum. Bichish chiqindisi foydani yeydi.
Qaysi bosqichda va kim tufayli brak chiqayotgani hisoblanmaydi, xato qaytaveradi.
Model, razmer va rang bo'yicha qancha mahsulot borligini aniq bilmaysiz. Eski qoldiq pulni ushlab turadi.
Muddat yaqinlashganini oxirgi kuni bilasiz. Mijoz norozi, nasiya esa o'sib boradi.
Kerakli moduldan boshlaysiz, qolganini keyin qo'shasiz.
Har pachkaga QR yorliq. Tikuvchi operatsiyani telefonda belgilaydi, oylik avtomatik hisoblanadi.
Har liniya bo'yicha soatlik chiqim. Tor joy va kechikish rahbar telefonida darhol ko'rinadi.
Har model uchun me'yor, fakt sarf va chiqindi foizi. Me'yordan oshsa signal keladi.
OTK botga rasm bilan yozadi. Sabab va bosqich bo'yicha tahlil, haftalik hisobot.
Mato, furnitura va tayyor mahsulot model, razmer va rang bo'yicha. Minimal zaxira signali.
Har buyurtma muddati va holati, nasiya reyestri, to'lov eslatmasi. Marketplace uchun AI yordamchi.
Tayyor dasturni majburlamaymiz. Tizim sizning jarayoningizga moslanadi.
Sexda 1 kun: zanjirni kuzatamiz, raqamlarni yig'amiz, pul qayerda yo'qolayotganini topamiz.
1 kunQaysi moduldan boshlash, qancha foyda berishi va muddatlar raqam bilan yoziladi.
3-5 kunBirinchi modul ishga tushadi, xodimlar o'rgatiladi, natija o'lchanadi.
2-4 haftaNatija ko'ringach keyingi modullar ulanadi, rahbar paneli to'ldiriladi.
bosqichma-bosqichO'z raqamlaringizni kiriting. Hisob taxminiy, aniq raqamni diagnostikada birga chiqaramiz.
Hisob: brak = dona × tannarx × 1%; mato = dona × tannarx × mato ulushi × 3%. Bu namuna, kafolat emas.
Otabek Azimov jamoasi turli sohalarda AI va boshqaruv tizimlarini joriy qilgan.
Yo'q. Mavjud dasturlaringiz qoladi. Tizim ular bilan yonma-yon ishlaydi va yetishmayotgan joylarni to'ldiradi.
Ha. Tikuvchi faqat QR kodni skanerlaydi yoki botda bitta tugmani bosadi. O'rgatish bir necha daqiqa oladi.
Birinchi modul, odatda ishbay ish haqi, 2-3 haftada ishga tushadi. Natija birinchi oylik hisobida ko'rinadi.
Narx korxona hajmi va tanlangan modullarga bog'liq. Diagnostikadan keyin qancha foyda berishini hisoblab, aniq taklif beramiz.
Ma'lumotlar alohida serverda saqlanadi va faqat siz ruxsat bergan xodimlarga ochiq bo'ladi.